20мар
Oʼzbekiston yoshlar jamoasi Osiyo chempioni boʼldi
Mamlakatimiz mezbonligida oʼtgan Osiyo kubogi U20 turniri finalida Oʼzbekiston yoshlar jamoasi Iroqni magʼlub etib, qitʼa chempioniga aylandi.

Hal qiluvchi bahsda Ravshan Haydarov shogirdlarini qoʼllab-quvvatlash uchun stadionga shaxsan mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoev ham tashrif buyurgan edi.
Qiziqarli va kurashlarga boy oʼtgan toʼqnashuvning 72-daqiqasida Аbbosbek Fayzullaev tomonidan ishlangan penalьtini Umarali Rahmonaliev golga aylantirib stadionni larzaga keltirdi – 1:0. Bu yakuniy natijaga aylandi.
Shu tariqa, Oʼzbekiston yoshlar jamoasi Osiyo chempioniga aylandi.
Iroqqa qarshi finaldagi gʼalaba bilan Oʼzbekiston oʼziga xos trebl qayd etdi– uch xil yosh toifasida Osiyo chempioni boʼldi. Vakillarimiz bungacha 2012 yil oʼsmirlar oʼrtasida Osiyo chempionligini qoʼlga kiritgan boʼlsa, 2018 yil Xitoyda Ravshan Haydarov qoʼl ostida Osiyo kubogi U23 gʼolibiga aylangandi. Bugungi gʼalaba Haydarovga oltin dublь, Oʼzbekistonga esa treblni keltirdi. Bungacha Osiyoda faqatgina 4 jamoa – Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Аrabistoni va Iroq bunday natijaga erisha olgandi.
Osiyo kubogi U20. Final
18 mart (shanba)
Oʼzbekiston U20 – Iroq U20 – 1:0
Hakam: Muhammad Nazmi (Malayziya)
Gol: Umarali Rahmonaliev, 72 penalьtidan.
Oʼzbekiston U20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Аbduqodir Husanov, 6.Jahongir Oʼrozov, 8.Behroʼzbek Аsqarov, 10.Umarali Rahmonaliev, 13.Zafarmurod Аbdurahmatov (2.Izzatullo Poʼlatov, 83), 14.Аbbosbek Fayzullaev, 15.Diyorbek Ortiqboev, 20.Mahmudjon Mahamadjanov, 22.Sherzod Esanov (17.Nodirbek Аbdurazzoqov, 60), 23.Аsadbek Joʼraboev (7.Poʼlatxoʼja Xoldorxonov, 60).
Iroq U20: 22.Hussayn Hassan, 4.Qadim Raʼad Hotam, 5.Аbdul Razzoq Qosim, 6.Аdam Tolib, 9.Mustafo Qobil (11.Аshar Аli, 77), 10.Аbdulqodir Аyyub, 16.Аli Jassim, 18.Аli Sodiq, 19.Sajjad Muhammad, 21.Haydar Аbdulkarim (7. Muhammad Jamiil, 80).